2025-yil fevral oyida Namangan davlat pedagogika instituti delegatsiyasining Turkiya Respublikasining Karabük universitetiga xorijiy xizmat safari amalga oshirildi.
28.02.2026 15:12:42 2
Mazkur xorijiy xizmat safari natijalariga ko‘ra:
-Karabük universitetining zamonaviy o‘quv laboratoriyalari hamda o‘quv darsliklari bilan yaqindan tanishildi;
-institut vakillari tomonidan turli mavzularda seminar va treninglar tashkil etildi;
-mazkur universitet bilan ikki tomonlama hamkorlik to‘g‘risida kelishuv imzolandi;
-talabalar hamda professor-o‘qituvchilar almashinuvi mexanizmlarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishuvga erishildi;
-ikki oliy ta’lim muassasasi professor-o‘qituvchilari hamkorligida ilmiy maqolalar chop etish bo‘yicha kelishuvga erishildi;
-Karabük universiteti professor-o‘qituvchilari tomonidan onlayn darslar tashkil etish rejalashtirildi;
-institut xodimlari uchun 144 soatlik malaka oshirish kurslarini tashkil etish hamda boshqa turli yo‘nalishlardagi hamkorlik masalalari bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.