Termizda rektorlar marafoni: salomatlik sari o‘n ming qadam
01.05.2026 14:04:12 30
Termiz davlat universitetida o‘tkazilayotgan o‘quv-amaliy seminar hamda sport haftaligi doirasida joriy yilning 22-aprel kuni erta tongda “Sog‘lom hayot uchun o‘n ming qadam” shiori ostida ommaviy yurish marafoni tashkil etildi.
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov boshchiligida o‘tkazilgan ushbu marafonda respublikamizdagi oliy ta’lim muassasalari rahbarlari, professor-o‘qituvchilar, tadqiqotchilar hamda talabalar faol ishtirok etdilar.
Mazkur nufuzli tadbirda Namangan davlat pedagogika institutidan ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor M.Qodirxonov hamda sport klubi raisi o‘rinbosari X.Mo‘minov ishtirok etdi.
Ushbu marafon sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, jismoniy faollikni oshirish hamda oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida o‘zaro hamjihatlik va sog‘lom muhitni mustahkamlashga xizmat qildi.