Namangan davlat pedagogika institutida Namangan viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi hamkorligida yong‘in, chaqnash va is gazidan zaharlanishning oldini olish mavzulari yuzasidan profilaktik tadbirlar davom etmoqda
08.11.2025 00:15:54 11
Namangan davlat pedagogika instituti Ijtimoiy fanlar fakulteti tyutorlari Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida ijara xonadonida talabalarning yashash holati o‘rganildi.
Tadbirda talabalarga ijara xonadonlarida yongʻin xavfsizligini ta’minlash, sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarni oldini olish, tartibsiz tok jihozlari boʻyicha mutaxassislar tomonidan tushunchalar berib oʻtildi.
Bundan tashqari, sovuq mavsumda nostandart va ruxsat etilmagan elektr anjomlaridan foydalanmaslik, chaqnash va is gazidan zaharlanish holatlarining oldini olish bo‘yicha bir qator tushuntirish ishlari olib borildi.