Mustaqillik ohanglari – qo‘shiq va kulgu kechasi
18.08.2025 09:04:36 10
Mustaqilligimizning 34 yilligi munosabati bilan Namangan viloyati Madaniyat markazida “Qo‘shiq va kulgu kechasi” nomli konsert dasturi tashkil etildi. Tadbirda Namangan davlat pedagogika instituti kasaba uyushmasi tashabbusi bilan bir qator faol xodimlar ham ishtirok etdilar.

Konsert davomida san’atkor Nodirabegimning kuy-qo‘shiqlari, shuningdek, qiziqchi Nodir Xayitovning hazil-mutoyibaga boy chiqishlari tomoshabinlarga yuqori kayfiyat ulashdi.
✔️ Mazkur konsert dasturi institut xodimlari uchun nafaqat maroqli hordiq, balki yangi o‘quv yilini jo‘shqin kayfiyat va samarali ishlashga undaydigan kuch-g‘ayrat manbai bo‘ldi.