NAMANGAN DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTIDA TALABALAR AMALIYOTIGA OID HUJJATLARNI IDORAVIY ARXIVGA TOPSHIRISH JARAYONLARI DAVOM ETMOQDA.
09.06.2026 23:43:39 4
NAMANGAN DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTIDA TALABALAR AMALIYOTIGA OID HUJJATLARNI IDORAVIY ARXIVGA TOPSHIRISH JARAYONLARI DAVOM ETMOQDA
Namangan davlat pedagogika institutida talabalar amaliyotiga oid hujjatlarni saqlov uchun idoraviy arxivga topshirish ishlari izchil davom ettirilmoqda. Institut fakultetlari va kafedralari tomonidan bitiruv malaka amaliyoti, malakaviy amaliyot hamda 4+2 tizimi asosida o‘tkazilgan amaliyotlarga oid hujjatlar amaldagi me’yoriy talablar asosida rasmiylashtirilib, bosqichma-bosqich idoraviy arxivga topshirilmoqda.
Idoraviy arxiv mutaxassislari tomonidan hujjatlar belgilangan tartibda qabul qilinib, ro‘yxatga olinmoqda hamda saqlovga joylashtirilmoqda.
Shuningdek, amaliyot hujjatlarini o‘z vaqtida arxivga topshirish institutda ish yuritish va arxiv ishini samarali tashkil etish, hujjatlar bilan ishlash madaniyatini yuksaltirish hamda ta’lim jarayoniga oid hujjatlarning ishonchli saqlanishini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.