"Tuproq muhiti omillariga organizmlar moslashuvi" mavzusi boʻyicha ochiq dars mashgʻulotini tashkil qildi.
28.03.2026 09:06:20 20
Aniq va tabiiy fanlar fakulteti Tabiiy fanlar kafedrasi stajyor oʻqituvchisi Halimjonov Akmaljon Boshlangʻich taʼlim yoʻnalishi BTS-BU-22 guruhida Tabiat va atrof muhitni muhofaza qilish fanidan "Tuproq muhiti omillariga organizmlar moslashuvi" mavzusi boʻyicha ochiq dars mashgʻulotini tashkil qildi.
Mazkur ochiq dars davomida talabalar tuproq muhiti omillariga organizmlar qanday moslashuvi, ularning turli muhitlarda tarqalishi jarayonlarini nazariy va amaliy jihatdan chuqur oʻrganishdi. Dars jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalar, interfaol metodlar va innovatsion yondashuvlar qoʻllanilib, talabalar faol ishtirok etishga undaldi.
Mashgʻulot davomida kichik guruhlarda ishlash, muammoli vaziyatlar yechimi, savol-javoblar hamda taqdimotlar orqali mavzu yanada qiziqarli va tushunarli tarzda yoritildi. Talabalar oʻz fikrlarini erkin bayon qilish, tahlil qilish va xulosa chiqarish koʻnikmalarini namoyon etdilar.