Talaba qizlar holidan xabar olindi
07.10.2025 20:02:19 16
Namangan davlat pedagogika instituti rektor maslahatchisi hamda xotin-qizlar psixologi birgalikda talaba qizlarning ijara xonadonlariga tashrif buyurishdi.

Tashrif davomida talabalarning yashash sharoitlari, qish mavsumiga tayyorgarlik darajasi va yaratilgan qulayliklar bilan yaqindan tanishildi. Shuningdek, suhbat davomida qizlarga shaxsiy gigiyena, sanitariya qoidalari va odob-axloq me’yorlariga rioya etish borasida foydali tavsiyalar berildi.
Bunday tashriflar talabalarning ijtimoiy-ma’naviy muhitini yanada sog‘lomlashtirish, ularning hayotiga e’tibor va g‘amxo‘rlik bilan yondashish yo‘lida muhim ahamiyat kasb etadi.