O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan yo‘llangan murojaatnoma bilan tanishish va uni o‘rganish bo‘yicha oʻquv- seminari tashkil etildi.
09.01.2026 09:06:45 36
Toʻraqoʻrgʻon tumani Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimiga qarashli 13- sonli ixtisoslashtirilgan oʻrta taʼlim maktabida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan yo‘llangan murojaatnoma bilan tanishish va uni o‘rganish bo‘yicha oʻquv- seminari tashkil etildi.
Tashkil etilgan seminar maktab rahbariyati tomonidan olib borilib, seminarda Namangan davlat pedagogika instituti Falsafiy va tarixiy fanlar kafedrasi o'qituvchisi Omonova Zarnigor To'rajon qizi ishtirok etdi va mavzu yuzasidan ma'ruza qildi.
Seminar davomida ishtirokchilarga davlatimiz rahbari murojaatnomasining mazmun-mohiyati, 2025-yilda iqtisod, taʼlim, sport va boshqa turli sohalarda erishilgan yutuqlar hamda 2026-yil “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili”da belgilangan 6 ta ustuvor vazifalar haqida batafsil maʼlumotlar berildi.Seminar qizg'in savol javob asosida samarali yakunlandi.