NamDPI talabasi Jahon kubogi gʻolibi!
24.08.2025 12:05:55 22
Joriy yilning 21–24-avgust kunlari Qirgʻizistonda boʻlib oʻtgan “Belbogʻli kurash” boʻyicha Jahon kubogi musobaqasida Ijtimoiy fanlar fakulteti Jismoniy madaniyat va sport yoʻnalishi JSM-AU-24 talabasi Abbosbek Ahmadjonov faxrli 1-oʻrinni qoʻlga kiritdi.

Sportchimizning ushbu yutugʻida uning murabbiyi — Jismoniy madaniyat va sport kafedrasi dotsenti (PhD) X.X. Joʻraxanovning ham alohida hissasi bor.
Yurtimiz sporti va institutimiz shaʼnini munosib himoya qilgan talabamiz Abbosbek Ahmadjonovni ushbu gʻalabasi bilan institut jamoasi nomidan samimiy muborakbod etamiz!