"Inson ruhiyatida shukronalik hissining ahamiyati” mavzusida psixologik trening oʻtkazildi.
10.05.2025 11:03:33 33
Treningni bu galgi mehmoni Norin tumani “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi psixologi Abduvohid Qo’chqarov boʻlib, o’z ma’ruzasi va insonga kuchli energiya beruvchi psixologik mashqlar bilan talabalar ruhiyatiga ijobiy taʼsir koʻrsatdi.

Treningda ishtirok etgan barcha talabalar shukronalik hissi inson ruhiyatiga qay darajada kerakligi hamda o'zlarida shakllantirish kerkligini anglab yetdilar. Shuningdek, o'ziga bo'lgan ishonch hamda hayotga bo'lgan qiziqishlari yanada ortdi
🗒Psixolog maslahati
Hech qanday to'siqlarga qaramay, ochiling! Har qanday qiyinchiliklarga qaramay yashang!
Besh narsa besh narsa bilan yoqimli boʻladi:
🩺Sogʻliq – yaxshi hayot bilan;
✈️Safar – yaxshi hamroh bilan;
🌺Chiroy – goʻzal xulq bilan;
🌛Uyqu – xotirjamlik bilan;
🌚Tun – Allohning zikri bilan.