English English English

ART pedagogikaning zamonaviy paradigmalari, rivojlanish istiqbollari

  23.02.2026 12:11:02    13


🤩 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2026-yil 16-yanvardagi 11-sonli buyrug‘i bilan (https://t.me/ilmiy_darajali_kadrlar/1867) 2026-yilda xalqaro va respublika miqyosida o‘tkaziladigan ilmiy va ilmiy-texnik tadbirlar rejasiga kiritilgan Namangan davlat pedagogika instituti ART pedagogika kafedrasi tomonidan 2026-yil 17-18-aprel kunlari "ART pedagogikaning zamonaviy paradigmalari, rivojlanish istiqbollari" mavzusida respublika miqiyosidagi ilmiy anjuman o'tkaziladi.


ART pedagogikaning zamonaviy  paradigmalari, rivojlanish istiqbollari


Anjuman yo‘nalishlari:
1⃣ - Tasviriy san’atni zamonaviy pedagogik paradigmalar asosida o‘qitishning dolzarb muammolari va rivojlantirish istiqbollari;
2⃣ - Muhandislik va kompyuter grafikasi fanlarini integratsiya qonuniyatlari asosida takomillashtirishning zamonaviy pedagogik texnologiyalari;
3⃣ - Umumta’lim maktablari va maktabgacha ta’lim tashkilotlarida musiqa ta’limini zamonaviy art-pedagogik paradigma asosida tashkil etish: innovatsion o‘qitish texnologiyalari, dolzarb muammolar va rivojlanish istiqbollari;
4⃣ - Musiqiy ta’lim yo‘nalishlarida bo‘lajak kadrlarni tayyorlashda zamonaviy art-pedagogik yondashuvlar hamda ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘rganishning nazariy-metodologik asoslari va amaliy ahamiyati.

💬 Anjuman tili: o‘zbek, rus, ingliz.

8️⃣ Maqolalar Google Scholar bazalarida to'liq indekslanadi.

📥 Maqolalar joriy yilning 16-aprel kuniga qadar (shu kuni ham) quyidagi manzillar orqali qabul qilinadi:

☎️ Murojaat uchun:
👤 Nabiyev Bobur: +998941706677 (1-2 sho‘ba)
👤 Toshmatov G‘ulom: +998949051208 (3-4 sho‘ba)

 

NamDPI Konferensiya Axborot xati.pdf