English English English

NamDPI vakillari Top-166 o'rinda turuvchi Al-Farobiy nomidagi QozMU da

  22.05.2026 12:58:57    8


Namangan davlat pedagogika instituti professor-o‘qituvchilari Qozog‘iston Respublikasining nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan biri — Al-Farobiy nomidagi Qozog‘iston Milliy universitetiga tashrif buyurishdi.


NamDPI vakillari Top-166 o'rinda turuvchi Al-Farobiy nomidagi QozMU da


Mazkur universitet QS World University Rankings xalqaro reytingida Top-166 o‘rin olgan bo‘lib, Markaziy Osiyodagi yetakchi ilmiy-ta’lim markazlaridan biri hisoblanadi. Tashrifdan asosiy maqsad Namangan davlat pedagogika institutining xalqaro nufuzini oshirish, xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash hamda ta’lim va ilm-fan sohasida ilg‘or tajribalarni o‘rganishdan iborat bo‘ldi.
Uchrashuv davomida universitet Xalqaro department bo‘limi direktori Yesbol Omirzhanov hamda mutaxassislar tomonidan zamonaviy ta’lim texnologiyalari, innovatsion pedagogik metodlar, raqamli ta’lim platformalaridan samarali foydalanish, o‘quv jarayoniga ilg‘or xorijiy tajribalarni tatbiq etish masalalari yuzasidan nazariy va amaliy ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, tomonlar o‘rtasida kelgusida xalqaro hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish, professor-o‘qituvchilar o‘rtasida ilmiy aloqalarni kengaytirish, Scopus va Web of Science bazalarida indekslanuvchi kollaborativ ilmiy maqolalar tayyorlash, birgalikda darslik va o‘quv qo‘llanmalar yaratish, ilmiy-amaliy konferensiyalar tashkil etish hamda akademik mobillik dasturlarini yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.
Bundan tashqari, talabalar almashinuvi dasturlarini amalga oshirish, magistrant va doktorantlar uchun qo‘shma ilmiy loyihalar tashkil etish, yosh tadqiqotchilarni xalqaro grant va stajirovka dasturlariga jalb etish yuzasidan ham o‘zaro fikr almashildi.
Mazkur xalqaro tajriba Namangan davlat pedagogika instituti professor-o‘qituvchilarining kasbiy salohiyatini yanada oshirish, ta’lim sifatini yaxshilash hamda innovatsion yondashuvlarni o‘quv jarayoniga samarali integratsiya etishda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.

NamDPI vakillari Top-166 o'rinda turuvchi Al-Farobiy nomidagi QozMU da NamDPI vakillari Top-166 o'rinda turuvchi Al-Farobiy nomidagi QozMU da NamDPI vakillari Top-166 o'rinda turuvchi Al-Farobiy nomidagi QozMU da NamDPI vakillari Top-166 o'rinda turuvchi Al-Farobiy nomidagi QozMU da