English English English

YOZGI OROMGOHLAR BOLALARNI KUTMOQDA

  13.06.2025 14:31:57    4


O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Namangan viloyat kengashi tomonidan viloyat hududidagi “UMID NIHOLLARI” bolalar yozgi dam olish maskaniga (24-iyundan 6-iyulgacha) 10 nafar 2-smena uchun 7 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan institutimizning professor-o‘qituvchilari va texnik xodimlarining farzandlari yoki nabiralariga yo‘llanmalar ajratildi.


YOZGI OROMGOHLAR BOLALARNI KUTMOQDA


Ushbu yo‘llanmaning umumiy narxi 2 200 000 (ikki million ikki yuz ming) so‘m bo‘lib, pul mablag‘ining 537 500 (besh yuzi o‘ttiz yetti ming besh yuz) so‘m to‘lov (cheki) qog‘ozi, ariza va dam oluvchining tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasini va otasi yoki onasining passport nusxasini taqdim etishingiz so‘raladi.

Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun institutning kasaba uyushma qo‘mitasi kengashi raisi E.Tajiboyev(@E_Tajiboyev)ga
murojaat qilishingiz mumkin.

Murojaat uchun telefon: +998939460706