Maktabda madaniy tadbir tashkil etildi
11.06.2025 14:25:02 10
Namangan davlat pedagogika instituti Aniq va tabiiy fanlar fakulteti tashabbusi bilan shahar markazidagi 6-sonli umumta’lim maktabida “Dolzarb 90 kunlik” loyihasi doirasida madaniy tadbir oʻtkazildi.

Tadbirda Musiqa ta'limi yo'nalishi talabalar tomonidan kuy-qo‘shiqlar, raqslar, badiiy chiqishlar namoyish etildi. Bu esa maktab o‘quvchilari va ustozlarida katta taassurot qoldirdi.
Tadbirning asosiy maqsadi — oʻquvchilarning bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ijtimoiy faollikka chorlashdan iboratdir.
Tadbir davomida talabalar va maktab o‘quvchilari o‘rtasida samimiy muloqot, fikr almashish ham bo‘lib o‘tdi. Bunday tashabbuslar yoshlar ongini yuksaltirishda, yot gʻoyalar taʼsiridan himoya qilishda muhim ahamiyat kasb etadi.
NamDPIda "Dolzarb 90 kunlik" loyihasi doirasida tadbirlar davom etmoqda