TURIZM TALABALARI AXSIKENTDA: TARIX VA AMALIYOT UCHRASHGAN NUQTA
01.12.2025 12:00:49 10
Namangan davlat pedagogika instituti Turizm va mehmondo‘stlik yo‘nalishining 1-kurs talabalari To‘raqo‘rg‘on tumanidagi “Axsikent” tarixiy yodgorligida amaliy mashg‘ulot o‘tkazdi.
Talabalarga ushbu qadimiy maskanning tabiiy-geografik joylashuvi, tarixiy ahamiyati hamda turistik markaz sifatidagi bugungi faoliyati haqida dotsent B.Kamalov batafsil ma’lumot berdi.
Ochiq osmon ostida o‘tgan mashg‘ulot yoshlarni ko‘hna shahar tarixi, topilmalar va arxeologik jarayonlarning o‘ziga xos jozibasiga yanada yaqinlashtirdi. Amaliyot ularda kuchli hayajon, yangi bilimlar va unutilmas taassurotlar qoldirdi.