English English English

XALQARO DARAJADAGI PEDAGOGLARNI TAYYORLASH JARAYONI BOSHLANDI

  08.01.2026 09:51:23    10


Namangan davlat pedagogika institutida Namangan shahridagi Prezident maktabi bilan hamkorlikda xalqaro darajadagi pedagoglarni tayyorlash maqsadida “Kelajak o‘qituvchilari: Tezlashtirilgan tayyorlov dasturi” (“Future Teachers: Acceleration Program”) loyihasi amalga oshirilmoqda. Mazkur loyiha doirasida Namangan davlat pedagogika instituti talabalari Kembrij Xalqaro Ta’limni Baholash Tashkiloti (Cambridge Assessment International Education) tomonidan beriladigan xalqaro sertifikatlarni qo‘lga kiritishlari ko‘zda tutilgan.

Loyihaning dastlabki bosqichida talabalar Matematika, Kompyuter ilmlari, Fizika, Kimyo, Biologiya hamda Ingliz tili fanlari bo‘yicha xalqaro sertifikatlarga tayyorlanadi. Ayni paytda talabalarni xalqaro imtihonlarga tayyorlash jarayonida mentorlik qiluvchi professor-o‘qituvchilar aniqlanib, ular bilan amaliy ishlar boshlab yuborilgan.

 


XALQARO DARAJADAGI PEDAGOGLARNI TAYYORLASH JARAYONI BOSHLANDI


Jumladan, loyiha koordinatori, professor X.Najmiddinova tomonidan mentor-o‘qituvchilar uchun seminar-treninglar tashkil etilib, unda xalqaro sertifikatni olish jarayoni bosqichlari hamda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar yuzasidan batafsil tushuntirish va ko‘rsatmalar berildi.

Shuningdek, loyiha ishtirokchilari Namangan shahridagi Prezident maktabiga tashrif buyurib, u yerda Kembrij ta’lim dasturi asosida tashkil etilgan o‘qitish jarayoni, o‘qituvchi va o‘quvchilar uchun yaratilgan zamonaviy sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar. Ular xalqaro sertifikatga ega bo‘lgan o‘qituvchilar bilan suhbatlashib, dars jarayonlarini bevosita kuzatdilar hamda fanlar bo‘yicha ishlab chiqilgan o‘quv dasturlari bilan tanishdilar.

Bundan tashqari, loyiha ishtirokchilari Prezident maktabi kutubxonasida bo‘lib, Kembrij ta’lim dasturi asosida yaratilgan o‘quv adabiyotlarini ko‘zdan kechirdilar. Ushbu tashrif loyiha ishtirokchilariga Kembrij ta’lim dasturi, xalqaro imtihonlarni o‘tkazish tartibi hamda xalqaro sertifikat beradigan imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumot olishda muhim ahamiyat kasb etdi.


XALQARO DARAJADAGI PEDAGOGLARNI TAYYORLASH JARAYONI BOSHLANDI XALQARO DARAJADAGI PEDAGOGLARNI TAYYORLASH JARAYONI BOSHLANDI XALQARO DARAJADAGI PEDAGOGLARNI TAYYORLASH JARAYONI BOSHLANDI XALQARO DARAJADAGI PEDAGOGLARNI TAYYORLASH JARAYONI BOSHLANDI XALQARO DARAJADAGI PEDAGOGLARNI TAYYORLASH JARAYONI BOSHLANDI XALQARO DARAJADAGI PEDAGOGLARNI TAYYORLASH JARAYONI BOSHLANDI