English English English

NAZARIY BILIMLAR AMALIY JARAYONDA MUSTAHKAMLANMOQDA

  28.04.2026 00:53:18    3


Namangan davlat pedagogika instituti Aniq va tabiiy fanlar fakulteti Fizika yo‘nalishi 1-bosqich talabalarining Namangan gidrometeorologiya markazida hamda 2-bosqich talabalarining Nasos stansiyalari va energetika boshqarmasi yuqori va past kuchlanishli podstansiyalar uchastkasida olib borayotgan malakaviy amaliyot jarayonlari talabalarning nazariy bilimlarini amaliy tajriba bilan uyg‘unlashtirishda muhim bosqich bo‘lmoqda.


NAZARIY BILIMLAR AMALIY JARAYONDA MUSTAHKAMLANMOQDA


Amaliyot davomida talabalar soha mutaxassislari bilan bevosita hamkorlikda ishlab, gidrometeorologik kuzatuvlar, texnik jarayonlar, elektr ta’minoti tizimi hamda podstansiyalar faoliyatiga oid zarur bilim va ko‘nikmalarni mustahkamlashmoqda. Bu esa ularning kasbiy tayyorgarligini oshirish, mustaqil fikrlashini rivojlantirish va kelajakdagi pedagogik hamda ishlab chiqarish faoliyatiga puxta tayyorlanishida muhim ahamiyat kasb etadi.

Mazkur amaliyotlar oliy ta’lim jarayonida nazariya va amaliyot uyg‘unligini ta’minlash, talabalarni real ish muhiti bilan yaqindan tanishtirish hamda ularning sohaga oid tasavvurlarini yanada boyitishga xizmat qilmoqda.


NAZARIY BILIMLAR AMALIY JARAYONDA MUSTAHKAMLANMOQDA NAZARIY BILIMLAR AMALIY JARAYONDA MUSTAHKAMLANMOQDA