Kasbiy mahorat yo‘lida amaliy qadam
19.09.2025 08:17:33 10
Namangan davlat pedagogika instituti Kreativ pedagogika va psixologiya kafedrasi o‘qituvchisi Xasanboyev Azizbek boshchiligida Maxsus pedagogika yo‘nalishi 3-bosqich talabalari 4+2 malakaviy amaliyotini tashkil etish maqsadida Namangan shahar 7-sonli umumtaʼlim maktabiga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida talabalarga maktabning ichki tartib-qoidalari haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, ular maktab defektologi va boshlang‘ich sinf o‘qituvchilariga biriktirilib, amaliy faoliyat jarayoniga yo‘naltirildi.
Ushbu amaliyot talabalarda kasbiy ko‘nikmalarni shakllantirish, ta’lim jarayonini chuqur o‘rganish hamda o‘z mutaxassisligi bo‘yicha amaliy tajriba orttirishda muhim ahamiyat kasb etadi.