Namangan davlat pedagogika instituti hamda Gyeongsang National University o‘rtasida hamkorlik memorandumini imzolash marosimi.
28.02.2026 14:51:10 3
Tadbirda Gyeongsang National University prezidenti Jin Hwe Kweon hamda Namangan davlat pedagogika instituti o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori A.Abdunazarov nutq so‘zlab, ikki tomonlama hamkorlikning istiqbollari va ahamiyati haqida fikr bildirdilar.
Gyeongsang National University prezidenti Jin Hwe Kweon o‘z chiqishida mazkur memorandum ta’lim, ilm-fan va innovatsiyalar sohasida mustahkam aloqalarni yo‘lga qo‘yish uchun muhim poydevor bo‘lishini ta’kidlab, professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvi, qo‘shma tadqiqotlar hamda akademik loyihalarni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilishini qayd etdi.
O‘z navbatida, Namangan davlat pedagogika instituti o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori A.Abdunazarov ushbu kelishuv ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishini, qo‘shma ilmiy izlanishlar, malaka oshirish dasturlari hamda xalqaro grant loyihalarini amalga oshirish imkoniyatlari yanada kengayishini ta’kidladi.
Imzolangan memorandum professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvi, qo‘shma ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirish, seminar va konferensiyalar tashkil etish, zamonaviy ta’lim texnologiyalarini joriy etish hamda xalqaro grant va dasturlarda birgalikda ishtirok etish kabi muhim yo‘nalishlarni qamrab oladi.
Mazkur hamkorlik ta’lim sifati va ilmiy salohiyatni oshirish, xalqaro akademik aloqalarni mustahkamlash hamda oliy ta’lim tizimida yangi imkoniyatlarni kengaytirishga xizmat qilishi kutilmoqda.