22-aprel — Butunjahon Yer kuni munosabati bilan “Eko-hashar” aksiyasi!
22.04.2025 15:59:29 2
Namangan davlat pedagogika instituti Boshlang‘ich tashkiloti koordinatorlari tashabbusi bilan talaba-yoshlar o‘rtasida ekologik madaniyatni oshirish maqsadida navbatdagi “Eko-hashar” tadbiri o‘tkazildi.

Aksiyada Talabalar turar joyida istiqomat qiluvchi 50 nafardan ortiq ko‘ngilli yoshlar faol ishtirok etdi.
Hashar davomida:
Atrof-muhit tozalandi
Yashil makonlarni saqlashga qaratilgan tashabbuslar ilgari surildi
Talabalar o‘rtasida ekologik mas’uliyat targ‘ib qilindi
“O‘zgarish bizdan boshlanadi — tabiatni birgalikda asraymiz!”
Bu kabi tadbirlar orqali yoshlarimizda atrof-muhitga nisbatan mehr va daxldorlik hissi yanada kuchaymoqda.