English English English

“Bugungi bitiruvchi – ertangi jamiyat yetakchisi!” mavzusida ochiq muloqot tashkil etildi.

  24.03.2026 14:53:02    7


Namangan davlat pedagogika instituti Pedagogika fakultetida bitiruvchi bosqich talabalari ishtirokida “Bugungi bitiruvchi – ertangi jamiyat yetakchisi!” mavzusida ochiq muloqot tashkil etildi.


“Bugungi bitiruvchi – ertangi jamiyat yetakchisi!” mavzusida ochiq muloqot tashkil etildi.


Mazkur ochiq muloqotni institut rektori B. Xusanov ochib berdi va bugungi kunda raqobatbardosh, zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lgan mutaxassislarni tayyorlash, ularni jamiyatda munosib o‘rin egallashi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish masalalariga alohida to‘xtalib o‘tdi. Tadbirda 25 dan ortiq ish beruvchi tashkilot vakillari ishtirok etib, talabalar bilan ochiq va samimiy muloqot olib bordilar. Ular tomonidan mehnat bozorida talab etilayotgan kasbiy kompetensiyalar, ishga joylashish jarayonlari, zamonaviy pedagogga qo‘yilayotgan talablar hamda yosh mutaxassislar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

Shuningdek, uchrashuv davomida xususiy maktab bilan shartnoma imzolandi hamda ish beruvchilar tomonidan taklif etilgan ish o'rinlariga 31 nafar talaba joylashib, o'z faoliyatini yo'lga qo'yish imkoniga ega bo'ldi. Tadbir yakunida bitiruvchi talabalarga o‘z ustida muntazam ishlash, kasbiy mahoratini oshirib borish hamda jamiyat taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shadigan yetuk mutaxassis bo‘lish zarurligi ta’kidlandi.

 


“Bugungi bitiruvchi – ertangi jamiyat yetakchisi!” mavzusida ochiq muloqot tashkil etildi. “Bugungi bitiruvchi – ertangi jamiyat yetakchisi!” mavzusida ochiq muloqot tashkil etildi. “Bugungi bitiruvchi – ertangi jamiyat yetakchisi!” mavzusida ochiq muloqot tashkil etildi. “Bugungi bitiruvchi – ertangi jamiyat yetakchisi!” mavzusida ochiq muloqot tashkil etildi. “Bugungi bitiruvchi – ertangi jamiyat yetakchisi!” mavzusida ochiq muloqot tashkil etildi. “Bugungi bitiruvchi – ertangi jamiyat yetakchisi!” mavzusida ochiq muloqot tashkil etildi. “Bugungi bitiruvchi – ertangi jamiyat yetakchisi!” mavzusida ochiq muloqot tashkil etildi. “Bugungi bitiruvchi – ertangi jamiyat yetakchisi!” mavzusida ochiq muloqot tashkil etildi. “Bugungi bitiruvchi – ertangi jamiyat yetakchisi!” mavzusida ochiq muloqot tashkil etildi. “Bugungi bitiruvchi – ertangi jamiyat yetakchisi!” mavzusida ochiq muloqot tashkil etildi.