Namangan davlat pedagogika institutiga taniqli yozuvchi, adabiyotshunos olim, filologiya fanlari doktori, professor Ulug‘bek Hamdam shogirdlari bilan tashrif buyurdi.
19.05.2026 11:36:42 21
Namangan davlat pedagogika institutiga taniqli yozuvchi, tarjimon va adabiyotshunos olim Ulugʻbek Hamdam ilm va ijod yo‘lidagi shogirdlari bilan tashrif buyurdi. Mehmonlar dastlab institut rektori B.Xusanov hamda soha prorektorlari tomonidan samimiy kutib olindi.
Tashrif avvalida Ulugʻbek Hamdam institut hududidagi zamonaviy infratuzilmalar, ta’lim jarayonlari uchun yaratilgan sharoitlar hamda talabalarning ijodiy faoliyatiga oid maskanlar bilan yaqindan tanishtirildi. Xususan, mehmon institutning "Art gallery" faoliyati bilan yaqindan tanishib, u yerda namoyish etilgan ijodiy ishlar, talabalarning tasviriy san’at va dizayn yo‘nalishidagi yutuqlarini katta qiziqish bilan kuzatdi. Shuningdek, tashrif davomida institutda amalga oshirilayotgan ilmiy loyihalar, yoshlarning ijodiy salohiyatini rivojlantirishga qaratilgan tashabbuslar haqida batafsil ma’lumot berildi. Ulugʻbek Hamdam yaratilgan sharoitlarni yuqori baholab, bunday muhit yoshlarning bilim olishi va ijodiy izlanishlari uchun muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi.
Tashrifdan so‘ng Ulug‘bek Hamdam tomonidan tashrif taassurotlari facebook ijtimoiy tarmog‘ida e'lon qilindi. https://www.facebook.com/share/p/1DeqeoiEUq/