Talabalar Sulton Uvays Qaraniy ziyoratgohida
23.09.2025 08:45:07 35
Namangan davlat pedagogika instituti Ijtimoiy fanlar fakulteti tyutori S. Qodirova hamda O‘zbek tili va adabiyoti ta’lim yo‘nalishi 3-bosqich talabalari Chortoq tumanida joylashgan Sulton Uvays Qaraniy ziyoratgohiga tashrif buyurishdi.
Tashrifdan ko‘zlangan maqsad – mamlakatimiz tarixida muhim o‘rin tutgan shaxslar va tarixiy yodgorliklar haqida bilimlarni boyitish, vatanparvarlik ruhini oshirish va talabalarda milliy qadriyatlarga sadoqat tuyg‘usini mustahkamlashdan iborat.
Ziyorat davomida talabalar Sulton Uvays Qaraniy hayoti, faoliyati, rivoyatlari hamda Vatanimiz tarixidagi o‘rni haqida qimmatli ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.
Ushbu tashrif talabalar ongida tarixiy obidalar va ziyoratgohlarni o‘rganishga, ularni asrab-avaylashga bo‘lgan qiziqishni yanada kuchaytirdi.