Tanlov
10.04.2025 15:04:26 17
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi aprelni “Muhandislik oyligi” deb e’lon qilishi munosabati bilan Muhandislik sohasida e’lon qilingan tanlovning arizalar qabuli 10-aprelga qadar uzaytirildi!
⏺Eslatib o‘tamiz tanlov “Eng yaxshi g‘oya”, “Eng yaxshi loyiha” va “Eng yaxshi ixtiro” yo‘nalishlarida bo‘lib o‘tadi.
Tanlov ushbu yo‘nalishlarda quyidagi 3 ta kategoriya o‘rtasida o‘tkaziladi:
1️⃣ 40 yoshdan oshmagan professor-o‘qituvchilar;
2️⃣ talabalar;
3️⃣ amaliyotchi muhandislar.
Har bir ishtirokchi tanlovning faqatgina bir yo‘nalishida ishtirok etishi mumkin.
G‘oliblar quyidagicha taqdirlanadi:
🥇1-o‘rin egalariga: elektromobil (9 ta):
🥈2-o‘rin uchun: xorijiy davlatlarga stajirovka yo‘llanmasi;
🥉3-o‘rin uchun: pul mukofotlari.
Tanlovda qatnashing va 9 ta elektromobildan biriga ega bo‘ling!
🗓 Tanlovga arizalar joriy yilning 10-aprel kuniga qadar muhandis.edu.uz veb-sayti orqali qabul qilinadi.
Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun:
📞 555200808 (357), 900650509.