"Muhammad Yusuf ijodi qalblarda mangu yashaydi" nomli ijodiy uchrashuv tashkil etildi
26.04.2025 09:41:40 12
Namangan davlat pedagogika instituti Ijtimoiy fanlar fakulteti Filologiya kafedrasi professor-oʻqituvchilari hamda Axborot-resurs markazi xodimlari tashabbusi bilan 26-aprel Muhammad Yusuf tavalludining 71 yilligi munosabati bilan "Muhammad Yusuf ijodi qalblarda mangu yashaydi" nomli ijodiy uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvda zamonaviy oʻzbek adabiyotining taniqli vakillaridan shoir, yozuvchi, publitsist, Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi aʼzosi Boqiy Mirzo, "Repititor" gazetasi loyiha muallifi, adabiyotshunos olim Muhammad Vali, "Istedod press" nashriyoti direktori, shoir, yozuvchi Ibrohim Mahkamov, NamDU Filologiya fakulteti oʻzbek tili va adabiyoti kafedrasi pedagogika fanlari boʻyicha falsafa doktori Nigora Saydahmedova, filologiya fanlari boʻyicha falsafa doktori Saboxon Jo'raboyeva Muhammad Yusuf hayoti va ijodiga oid tahliliy mulohazalar berib oʻtishdi.
Oʻzbek tili va adabiyoti 1-bosqich talabalari shoir ijodidan namunalar aytishdi. Tadbir chinakamiga sheʼriyat kechasiga aylandi.