NamDPI kurashchi talabasidan yana bir gʻalaba!
06.10.2025 20:01:17 18
4–6 oktabr kunlari Bishkek shahrida belbog‘li kurash bo‘yicha xalqaro turnir boʻlib oʻtdi. Ushbu nufuzli turnirda Namangan davlat pedagogika instituti Jismoniy madaniyat va sport yo‘nalishi 1- bosqich talabasi Asadbek Abduraxmatov +72 kg vazn toifasida barcha raqiblarini ortda qoldirib, faxrli 1-o‘rinni egalladi hamda oltin medalni qo‘lga kiritdi!

Bu g‘alaba nafaqat Asadbekning, balki butun Namangan davlat pedagogika instituti jamoasining faxridir.
Institut jamoasi nomidan Asadbekni chin dildan tabriklaymiz!
Kelgusidagi musobaqalarda ham yurtimiz nomini yanada balandroq cho‘qqilarda yangratishini tilaymiz!
Sportchilarimizning ushbu muvaffaqiyatida Jismoniy madaniyat va sport kafedrasi murabbiylari, shuningdek, mazkur kafedra dotsenti Hamidullo
Jurahanovning ham hissasi beqiyos.