English English English

"Ilmiy tadqiqot va innovatsiya"mavzusidagi seminar-trening tashkil etilmoqda.

  05.09.2025 21:12:44    42


Namangan davlat pedagogika instituti Iqtidorli talabalarning ilmiy tadqiqot faoliyatini tashkil etish boʻlimi hamda institut Yoshlar akademiyasi tomonidan institutining 1-bosqich talabalari uchun "Ilmiy tadqiqot va innovatsiya"mavzusidagi seminar-trening tashkil etilmoqda.


"Ilmiy tadqiqot va innovatsiya"mavzusidagi seminar-trening tashkil etilmoqda.


Seminar-treningda ilmiy maqola va tezis yozish tartib-qoidalari, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomdor davlat stipendiyalari tanlovlarida ishtirok etish shartlari, "Yilning eng faol talabasi" tanlovi, "Mirzo Ulug'bek vorislari" respublika tanlovi, grand loyihalar hamda talabalarni ilmiy-innovatsion faolligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar va respublika hamda xalqaro tanlovlar, "Yoshlar akademiyasi"ga a'zo bo'lish hamda akademiya faoliyati, ilmiy-innovatsion loyihalarni shakllantirish masalalari bo'yicha batafsil ma'lumotlar berib o'tiladi.

Seminar-trening 6-sentabr kuni (ertaga) soat 13:00 da institutning faollar zali (3-qavat)da o'tkaziladi hamda treningda barcha talaba-yoshlar ishtirok etishlari mumkin.