Ayni damda Respublikamiz bo‘ylab “Mezonlarga asoslangan baholash” mavzusida seminar-treninglar o‘tkazilmoqda.
13.08.2025 09:03:41 24
O‘quv mashg‘ulotlarida Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi mutaxassislari tomonidan:
➖mezonlarga asoslangan baholash tizimining o'ziga xos jihatlari,
➖baholash mezonlarini belgilash tartibi,
➖yangi baholash tizimini amaliyotda samarali qo‘llash bo‘yicha batafsil ma'lumot berilmoqda.

Tadbir davomida o‘qituvchilar amaliy mashg‘ulotlarda baholash mezonlarini ishlab chiqish, o‘quvchilarning yutuqlarini xolisona baholash va tahlil qilish bo‘yicha ko‘nikmalarini mustahkamlashdi.
_______
Fotolavhalarda hududlardagi jarayonlar aks etgan.