NamDPIda magistrlik dissertatsiyalari himoyasi davom etmoqda
02.07.2025 14:40:36 15
Namangan davlat pedagogika institutida Pedagogika nazariyasi va tarixi mutaxassisligi bo‘yicha tahsil olayotgan 2-bosqich magistrantlarning magistrlik dissertatsiyalarini yakuniy himoyalari bo‘lib o‘tdi.

Mazkur jarayonda 10 nafar magistrant o‘z ilmiy tadqiqot ishlari yuzasidan hisobot berib, dolzarb mavzular asosida olib borilgan ilmiy izlanishlarining natijalarini taqdim etdilar. Himoya jarayoni Davlat attestatsiya komissiyasi ishtirokida ochiq va oshkora tarzda o‘tkazildi.
Tadbirda institut professor-o‘qituvchilari, ilmiy rahbarlar, soha mutaxassislari hamda talabalar qatnashdi. Dissertatsiyalar amaliy ahamiyatga egaligi, zamonaviy yondashuvlar asosida tayyorlangani bilan e’tirof etildi.