VATAN HIMOYACHILARI KUNIGA BAG‘ISHLANGAN TADBIR YUQORI SAVIYADA BOSHLANDI
16.01.2026 13:39:38 12
Namangan davlat pedagogika institutida 14-yanvar — Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlangan tantanali tadbir yuksak saviya va ko‘tarinki ruhda boshlandi.
Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi yangrashi bilan ochildi. Unda institut rahbariyati, Vatanimiz tinchligi va osoyishtaligini ta’minlash yo‘lida xizmat qilib kelayotgan turli soha vakillari, harbiy xizmatchilar, huquqni muhofaza qiluvchi organlar vakillari, professor-o‘qituvchilar hamda talaba-yoshlar faol ishtirok etdilar.
Shundan so‘ng institut talabalari va ustozlari tomonidan puxta tayyorlangan badiiy-ma’naviy chiqishlar namoyish etildi. Ushbu chiqishlar orqali Vatan himoyachilarining jasorati, mardligi va sharafli xizmat yo‘li madh etildi.