IQTIDORLI QIZLAR — BIR DAVRADA
08.08.2025 08:35:15 15
Namangan davlat pedagogika institutida Yoshlar yetakchisi tashabbusi bilan Namangan viloyati Oila va xotin-qizlar boshqarmasi hamkorligida “Davraga kel, dugonajon” nomli iqtidorli qizlar forumi tashkil etildi.

Tadbirda viloyatning turli hududlaridan tashrif buyurgan 60 dan ortiq iqtidorli va o‘z kasbiy yo‘nalishida muayyan yutuqlarga erishayotgan xotin-qizlar, shuningdek, bitiruvchi o‘quvchilar va faol talaba-qizlar ishtirok etdi.
Mazkur forum iqtidorli talaba-qizlarning salohiyatini yuzaga chiqarish, ularni rag‘batlantirish, o‘zaro tajriba almashish, yetuk mutaxassislar va soha vakillari bilan muloqot maydonini yaratish maqsadida o‘tkazildi.
Forum davomida ishtirokchilar o‘zaro tajriba almashishdi, yoshlarga motivatsion ma’ruzalar taqdim etildi, qizlarning ijtimoiy faolligini oshirish va ularni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan muhim mavzular yuzasidan fikr almashildi.