English English English

Namangan davlat pedagogika instituti Pedagogika fakultetida ota-onalar yig'ilishi o'tkazildi

  25.11.2024 09:19:22    130


Mazkur yigʻilishda Pedagogika fakulteti dekani Z.Abdullayev boshchiligida kafedra mudirlari hamda fakultet tyutorlari ishtirok etishdi.




Yig'ilishda bir qator muhim masalalar muhokama qilindi. Shu jumladan, talabalarning darslarga qatnashishi, davomati, Hemis tizimi, Kredit-modul haqida ma'lumot berib o'tildi. Bundan tashqari, talabalarning yetuk kadr bo'lib yetishishlari uchun zarur bo'lgan shart-sharoitlar yaratish, hamkorlikda ish tashkil etish masalalari ko'rildi.

Uchrashuv so'nggida o'qishda, institutning jamoat ishlarida faol bo'lgan talabalarning ota-onalari fakultet tomonidan tashakkurnoma bilan taqdirlandilar.