English English English

"Akademik harakatchanlik" dasturining birinchi bosqichi boshlanishiga 8-kun qoldi!

  02.03.2026 15:55:18    22


Hurmatli viloyatimiz olimlari, ilmiy faoliyatingizni yangi bosqichga olib chiqish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!


"Akademik harakatchanlik" dasturining birinchi bosqichi boshlanishiga 8-kun qoldi!


Dastur boshlanishidan oldin quyidagi ishlarni amalga oshirish zarur:

 1. Hamkor tashkilotni aniqlash
Doktorlik dissertatsiyangizni yoki uning ma’lum bir qismini xorijiy yoki mahalliy hamkor tashkilotda amalga oshirish uchun mos ilmiy muassasani tanlab oling.

 2. Smeta hujjatlarini shakllantirish va tasdiqlash:
Hamkor tashkilot bilan birgalikda bajariladigan ishlar bo‘yicha aniq reja tuzing hamda xarajatlar smetasini to‘g‘ri va asosli shakllantiring.
 Hisob-kitob va rejalashtirishda hushyor va puxta yondashuv talab etiladi.

 3. Zarur hujjatlarni tayyorlashni boshlang
Ariza, tavsiyanoma, ish rejasi, smeta va boshqa talab etiladigan hujjatlarni oldindan tayyorlab qo‘yish muvaffaqiyat kalitidir.

 Dasturga hujjatlar qabul qilish muddati:
 10-martdan 30-martgacha — atigi 20 kun!

Imkoniyatni boy bermang!
Ilm yo‘lida yangi marralar sari dadil qadam qo‘ying!

Qatnashish istagini bildirgan talabgorlar uchun amaliy yordamga tayyormiz:
+998 90 554 49 95