NamDPI — Ondokuz Mayıs universiteti: hamkorlikning yangi bosqichi
19.05.2025 08:39:45 4
Toshkent shahrida boʻlib oʻtgan Xalqaro konfrensiyada Namangan davlat pedagogika instituti rektori B.Xusanov ishtirok etib, Turkiyaning Ondokuz Mayıs universiteti rektori, professor Fatıma Aydın bilan uchrashdi, hamda hamkorlik doirasida memorandum imzoladi.

Memorandumdan maqsad — oliygohlar oʻrtasidagi oʻzaro hamkorlik: professor-oʼqituvchilar hamda talabalar almashinuvini yoʻlga qoʻyish, trening va seminar mashgʻulotlari orqali tajriba almashish va pedagogik metodlarni takomillashtirish, global ta’lim standartlariga mos ravishda ta’lim berish imkoniyatini kengaytirish, ilmiy va ta’lim faoliyatlarini rivojlantirishdan iboratdir.