Namangan viloyati hokimi "Do‘stlik" Akademik litseyidagi test sinovlari jarayoni bilan tanishdi
14.07.2025 13:10:24 44
Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov 2025/2026-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlari o‘tkazilayotgan "Do‘stlik" Akademik litseyiga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida viloyat rahbari test sinovlarining tashkil etilishi, ularning shaffof va adolatli o‘tkazilishi, ota-onalar uchun yaratilgan qulayliklar hamda kutish joylari bilan yaqindan tanishdi.
Shuningdek, abituriyentlarning ota-onalari bilan muloqotda bo‘lib, ularga muvaffaqiyatlar tiladi.
Mazkur tashrif test jarayonlariga jamoatchilik e’tiborining kuchaygani, shuningdek, ochiqlik va halollik tamoyillariga qat’iy amal qilinayotganining yaqqol dalilidir.