NamDPIga Sharof Rashidov nomidagi Xalqaro jamoat fondi tomonidan kitoblar sovg‘a qilindi!
22.06.2025 10:25:07 64
Mazkur asarlar Sharof Rashidovning hayoti, siyosiy faoliyati, adabiy merosi va xalqimizga fidokorona xizmatini yorituvchi muhim manba bo‘lib, ular bugungi yoshlar uchun katta ma’naviy oziqa hisoblanadi.

Kitoblar institut professor-o‘qituvchilari, ilmiy izlanuvchilar hamda talabalar uchun boy tarixiy tajriba, adabiy tafakkur va vatanparvarlik g‘oyalarini chuqur o‘rganishda qo‘l keladi.
Talaba-yoshlarning bilim va malakalarini rivojlantirish, ularda kitobxonlik madaniyatini shakllantirish hamda kitobga bo'lgan qiziqish va muhabbatini yanada oshirish maqsadida Namangan davlat pedagogika instituti Filologiya kafedrasi mudiri R.Tillayeva va professor-o'qituvchilari M.Olimova, D.Ahmadaliyeva va L.Nexochina mazkur kitoblarni Axborot-resurs markaziga tuhfa qildilar.
Namangan davlat pedagogika institutida Axborot resurs markazini badiiy kitoblar bilan boyitib borish doirasidagi "Kitoblar ulashamiz!" chellenji davom etmoqda!