NamDPIda Ijtimoiy faollik indeksini baholash doirasida kitobxonlik testlari davom etmoqda
19.07.2025 09:13:14 62
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 10-martdagi "Oliy ta'lim tashkilotlarida talabalarga grantlarni taqdim etish va qayta taqsimlash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi 149-sonli qarori ijrosini ta'minlash maqsadida hamda "Dolzarb 90 kun loyihasi doirasida institutda talabalar o‘rtasida Ijtimoiy faollik indeksini baholash yo‘nalishida kitobxonlik darajasini aniqlash bo‘yicha test sinovlari tashkil etildi.

Mazkur sinovlar talabalarning mutolaa madaniyatini oshirish, ularning badiiy tafakkurini rivojlantirish hamda mustaqil o‘qishga bo‘lgan qiziqishini rag‘batlantirishga xizmat qiladi.
Eslatib o‘tamiz, o‘quv yilining boshida talabalar uchun 100 ta badiiy asar tavsiya etilgan bo‘lib, test savollari ushbu ro‘yxatdan tanlab olingan 15 ta eng sara adabiyot asosida tuzilgan.