INSTITUT VAKILLARINING MAHALLAGA AMALIY TASHRIFLARI DAVOM ETMOQDA.
31.01.2026 09:02:06 22
“Mening mahallam – mening faxrim” loyihasi doirasida Xorijiy tillar kafedrasi mudiri Z.Dadaboyev rahbarligidagi kafedra professor-o'qituvchilari Yangi Namangan tumanidagi "Ishonch" MFYga tashrif buyurdilar.
Tashrif davomida "Ishonch" MFY raisi A.Mamajonov bilan institut o'rtasida “Mening mahallam – mening faxrim” loyihasini amalga oshirish yuzasidan chora-tadbirlar dasturi imzolandi.Ushbu dastur asosida mahallada amalga oshiriladigan ishlar, umumiy hamkorlik masalalari ham belgilab olindi.