NamDPIda "Zakovat" oʻyini oʻtkazildi
13.06.2025 14:34:01 9
"Dolzarb 90 kunlik" loyihasi doirasida Namangan davlat pedagogika instituti talabalar turar joyida "Zakovat" musobaqasi tashkil etildi.

Mazkur musobaqa talaba-yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, ularning intellektual salohiyatini oshirish va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida o‘tkazildi.
Musobaqada talabalar faol ishtirok etib, o‘z bilim va mahoratlarini namoyish etdilar. Bunday tadbirlar yoshlarda mantiqiy fikrlash, sabr-toqat va strategik qaror qabul qilish kabi muhim ko‘nikmalarni rivojlantirishga xizmat qiladi.
NamDPIda "Dolzarb 90 kunlik" loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy, sport tadbirlari davom etmoqda.