Bitiruvchilar bilan Yangi yil va qishki ta’til masalalariga bag‘ishlangan suhbat
26.12.2025 08:36:54 4
Namangan davlat pedagogika instituti akademik litseyida Filologiya kafedrasi mudiri R.Tillayeva tomonidan litsey bitiruvchilari bilan Yangi yil bayrami hamda qishki ta’til davrida amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan suhbat o‘tkazildi.
Suhbat davomida bitiruvchilarga qishki ta’tilni mazmunli va samarali tashkil etish, mustaqil bilim olish, mutolaa madaniyatini oshirish, kelgusidagi ta’lim yo‘nalishlarini aniq belgilash hamda o‘z ustida izchil ishlash bo‘yicha tavsiyalar berildi. Shuningdek, Yangi yil bayramini milliy qadriyatlarimizga mos, tarbiyaviy ahamiyatga ega tarzda o‘tkazish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.