English English English

Namangan davlat pedagogika institutining jahon chempioni bo‘lgan talabasi Prezident sovg‘asini oldi

  19.09.2025 10:35:30    19


Joriy haftada Angliyaning Liverpul shahrida World Boxing tashkiloti tomonidan ilk bor tashkil etilgan jahon chempionatida yurtdoshlarimiz munosib ishtirok etib, yurtimiz sharafini xalqaro arenalarda yana bir bor baland ko‘tarishdi.


Namangan davlat pedagogika institutining jahon chempioni bo‘lgan talabasi Prezident sovg‘asini oldi


Ushbu nufuzli musobaqada Namanganlik yosh bokschi Fazliddin Erkinboyev o‘zining yo‘nalishida barcha raqiblarini mag‘lub etib, jahon chempionligini qo‘lga kiritdi.

Fazliddin Erkinboyev va uning jamoadoshlari bu ulkan yutuqlari uchun davlatimiz rahbariyati tomonidan munosib qadrlandi. Ularga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovg‘asi — zamonavviy BYD avtomobili tantanali ravishda topshirildi.

Tantanali taqdirlash marosimida sportchilar, ularning ustozlari, ota-onalari hamda sport jamoatchiligi ishtirok etdi. Barcha ishtirokchilar bu mukofot yoshlar uchun ulkan motivatsiya ekanini ta’kidlashdi.

Namangan davlat pedagogika instituti Fazliddin Erkinboyev va jamoadoshlarini yuksak g‘alaba bilan tabriklaydi!


Namangan davlat pedagogika institutining jahon chempioni bo‘lgan talabasi Prezident sovg‘asini oldi Namangan davlat pedagogika institutining jahon chempioni bo‘lgan talabasi Prezident sovg‘asini oldi Namangan davlat pedagogika institutining jahon chempioni bo‘lgan talabasi Prezident sovg‘asini oldi Namangan davlat pedagogika institutining jahon chempioni bo‘lgan talabasi Prezident sovg‘asini oldi