YOSHLAR — YELKASIDA MASʼULIYAT, QO'LIDA DIPLOM, KO'ZIDA PORLOQ KELAJAK!
16.07.2025 10:14:00 66
Namangan davlat pedagogika institutida bakalavriat hamda magistratura bosqichini muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarga tantanali diplom topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Marosimda institut rahbariyati, professor-o‘qituvchilar, bitiruvchilarning ota-onalari va faxriy mehmonlar ishtirok etdi.
Marosimni institut rektori, professor B.Xusanov ochib berib, bitiruvchilarni hayotidagi muhim bosqichni muvaffaqiyatli yakunlaganliklari bilan samimiy muborakbod etdi hamda har bir bitiruvchining kelajakdagi faoliyatida Vatanga, xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish, ilmiy va kasbiy salohiyatini namoyon etishi muhimligini ta’kidladi.
Marosim davomida bitiruvchilarga davlat namunasidagi diplomlar tantanali ravishda topshirildi. Bu hayajonli va unutilmas lahzalar ota-onalar, ustozlar va bitiruvchilar uchun g‘urur va quvonch manbayiga aylandi.
Shuningdek, marosimda namunali, jamoat ishlarida faol magistrlar barcha bitiruvchi yoshlar nomidan oʻzlarining hayajonlari, dil izhorlari, minnatdorliklarini bildirib oʻtishdi.