“BIR HAFTADA – BIR KITOB” LOYIHASI TALABALAR TURAR JOYIDA DAVOM ETMOQDA
10.05.2026 15:32:54 21
Namangan davlat pedagogika instituti Talabalar turar joyida "Bir haftada - bir kitob" loyihasi doirasida navbatdagi uchrashuv tashkil etildi.
Mazkur uchrashuvda Aniq va tabiiy fanlar tyutori O. Madaminova, Pedagogika fakulteti tyutori L. Xonto‘rayeva, Tabiiy fanlar kafedrasi dotsenti M.Qoriyev hamda TTJ kutubxonachisi M.Anbarova ishtirok etdilar. Uchrashuv davomida talaba-yoshlar bilan kitobxonlik madaniyati, mutolaaning shaxs kamolotidagi o‘rni va ahamiyati haqida samimiy suhbat olib borildi. M.Qoriyev tomonidan talabalarga badiiy kitoblar sovg‘a qilinishi ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi. Tadbirda kitoblar yuzasidan fikr almashish va mantiqiy savol-javoblar ham tashkil etildi. Mazkur loyiha yoshlarni kitobxonlikka bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularning tafakkurini rivojlantirish hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishga xizmat qilmoqda.