Talabalarning amaliyot jarayoni oʻrganildi
04.05.2025 11:27:18 39
Oliy ta’lim muassasalarining pedagogika yo‘nalishlarida tahsil olayotgan talabalarning amaliyot o‘tashini tashkil etish hamda ularni kelajakda ta’lim sohasida malakali kadrlar sifatida tayyorlashda hamkorlikni o‘rnatish maqsadida Namangan davlat pedagogika instituti Ijtimoiy fanlar fakulteti 2-bosqich O’zbek tili va adabiyoti yo’nalishi talabalari Chortoq tumanida joylashgan 46-maktabda ikki haftalik amaliyotni olib bormoqdalar.

Talabalarning amaliyot davrida qanday malaka va ko’nikmalarga ega bo’lganliklarini aniqlash maqsadida institut kaferdra mudiri va fakultet tyutori ushbu maktabga tashrif buyurishdi. Talabalar va 8- sinf o’quvchilari bilan Muhammad Yusuf hayoti va ijodiga bag’ishlangan ochiq dars mashg’ulotini kuzatishdi. Dars qiziqarli va mazmunli tashkil etilganini guvohi bo’lishdi.
Tashrif davomida amaliyot jarayoni bilan tanishib, maktab rahbariyati bilan hamsuhbat bo’lib, talabalarga o‘quvchilar bilan aloqa o‘rnatish ko‘nikmalarini shakllantirish yuzasidan tegishlicha maslahatlar berishdi.