Xotira va qadrlash
06.05.2026 08:13:47 20
Kreativ pedagogika va psixologiya kafedrasi mudiri S.Sulaymonova rahbarligida kafedra dotsentlari N. Mamatxonova, M. Usmonova va S. Jo‘rayevlar tomonidan 9-may – "Xotira va qadrlash kuni" munosabati bilan Norin tumani, Norinkapa qishlog‘ida istiqomat qiluvchi 97 yoshli, front ortida fidokorona mehnat qilgan Anorxon buvi xonadoniga tashrif amalga oshirildi.

Mazkur tashrif jarayonida Anorxon buvining hayot yo‘li, urush yillaridagi mashaqqatli va sharafli mehnat faoliyati, shuningdek, farzandlar tarbiyasidagi ibratli sa’y-harakatlari yuzasidan ilmiy-ijtimoiy mazmunda suhbat va muloqotlar olib borildi. Onaxonning 5 nafar qiz va 3 nafar o‘g‘ilni halol mehnat, sabr va matonat asosida voyaga yetkazgani, shu bilan birga qishloq xo‘jaligi sohasida fidoyilik bilan mehnat qilib, el-yurt ravnaqiga munosib hissa qo‘shgani alohida e’tirof etildi.
Suhbat davomida bugungi tinch va osoyishta hayotning qadriga yetish, yaratilgan imkoniyatlardan oqilona foydalanish hamda shukronalik tuyg‘usini mustahkamlash zarurligi ta’kidlanib, yosh avlodga ibratli pand-nasihatlar berildi.