Axborot-resurs markazi faoliyati deputat e`tiborida!
19.05.2026 11:32:59 18
Namangan davlat pedagogika instituti Axborot-resurs markazida amalga oshirilayotgan ishlar, ta’lim jarayonini axborot bilan ta’minlash, yoshlar uchun yaratilgan qulay sharoitlar hamda kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish borasidagi faoliyat deputat e’tiborida bo‘ldi.
Shu maqsadda “Yuksalish” harakati viloyat bo‘limi rahbari, Xalq deputatlari Namangan viloyat Kengashi deputati Muxamadieva Nargiza Lapasovna institutga tashrif buyurib, Axborot-resurs markazining bugungi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Tashrif davomida markazda talabalar va professor-o‘qituvchilar uchun yaratilgan imkoniyatlar, zamonaviy axborot-resurs xizmatlari, elektron kutubxona tizimi, kitob fondini boyitish hamda yoshlar orasida kitobxonlikni keng targ‘ib etish yo‘nalishida olib borilayotgan ishlar haqida batafsil ma’lumot berildi.
Mehmon amalga oshirilayotgan islohotlarni e’tirof etib, yoshlarning bilim olishi va ma’naviy kamolotida Axborot-resurs markazlarining o‘rni muhim ekanini alohida ta’kidladi.