Institut talabasi chempion bo’ldi
30.01.2025 08:36:26 45
Joriy yilning 28-yanvar kuni Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan boks bo’yicha O‘zbekiston chempionati Namangan davlat pedagogika instituti Jismoniy madaniyat yo’nalishi 3-kurs talabasi Fazliddin Erkinboyev uchun omadli bo’ldi.

Fazliddin Erkinboyev 80 kg vazn toifasida barcha raqiblarini mag‘lub etib, oltin medal sohibiga aylandi! Bu yutuq nafaqat uning mashaqqatli mehnati, balki fidoyiligi, sabr-toqati va matonatining yorqin ifodasidir.
Fazliddin Erkinboyevni ushbu g‘alabasi bilan chin dildan muborakbod etamiz va kelgusidagi musobaqalarda ham ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!
Sportchilarimiz bilan faxrlanamiz!