ORZULAR MAQSADGA AYLANDI
03.05.2025 11:17:32 14
Namangan davlat pedagogika institutiga “Yangi O‘zbekiston pedagogi: imkoniyat, xalqaro tajriba” shiori ostida yoshlarni va maktab bitiruvchilarini pedagog kasbiga yo‘naltirishga qaratilgan ilmiy, ma’rifiy va madaniy loyiha – "Ochiq eshiklar" kuni doirasida Uychi hamda Uchqurg’on tumani umumta’lim maktablarining 650 nafarga yaqin bitiruvchi o‘quvchilari tashrif buyurdi.

Tashrif davomida bitiruvchi-yoshlar o’zlarining qiziqtirgan savollariga institut ma’sullari tomonidan javoblar olishdi.
Kafedralar tomonidan taqdim qilingan qo’l mehnati asosida tayyorlangan ochiq yarmarka, portretlar, ko’rgazmali materiallar oʻquvchilarda katta qiziqish uygʻotdi.
Tashrif buyurgan oʻquvchilar ushbu dargohda oʻqishni orzu emas, maqsadga aylantirganini aytishdi.