Talabalarga qulay sharoit — bizning ustuvor vazifamiz!
15.08.2025 08:11:37 11
Namangan davlat pedagogika institutida “Talabalarni turar joylari va ijara xonadonlariga joylashtirish bo‘yicha ma’lumotlar markazi” faoliyati davom etmoqda.

Ish vaqti: Dushanba–Shanba 09:00–17:00
Bu yerda siz:
Talabalar turar joyiga joylashasiz;
Tavsiya etilgan ijaraga xonadonlar ro‘yxatini olasiz;
Hujjatlaringizni topshirasiz;
Zarur ma’lumotlarga ega bo‘lasiz.
Eng asosiysi: jarayon tartibli, shaffof va ijtimoiy himoyaga muhtoj talabalar uchun alohida e’tibor bilan olib boriladi.