English English English

TAʼLIMDA INTEGRATSIYA: MAKTAB BILAN NAMANGAN DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI O‘RTASIDAGI STRATEGIK HAMKORLIK

  16.10.2025 11:00:22    13


Zamonaviy taʼlim tizimida nazariy bilimlarning amaliy ko‘nikmalar bilan uyg‘un o‘rgatilishi o‘quvchilarning kasbiy yo‘nalishini aniqlash, fanlarga qiziqishini oshirish hamda tanlagan sohaga ongli yondashuvini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.


TAʼLIMDA INTEGRATSIYA: MAKTAB BILAN NAMANGAN DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI O‘RTASIDAGI STRATEGIK HAMKORLIK


Shu maqsadda, Namangan davlat pedagogika instituti Intellektual fanlar va axborot texnologiyalari kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan Uchqo‘rg‘on tumanidagi 1-umumiy o‘rta ta’lim maktabi negizida tashkil etilgan o‘quv-ilmiy metodik markazda integratsiyalashgan mahorat darslari o‘tkazildi.

Mazkur darslarda kafedra o‘qituvchilari — S.X.Abdullayev, I.T.Uluxanov, G.A.Xusayinova (texnologiya), D.Yusupov (fizika), I.O‘ktamaliyev (matematika) va M.Eshnazarova (informatika) fanlaridan interaktiv mashg‘ulotlar olib bordilar.

Mashg‘ulotlarning asosiy maqsadi — o‘quvchilarda nazariy bilimlarni mustahkamlash, amaliy mashg‘ulotlar orqali ularni boyitish, tanqidiy fikrlashni rivojlantirish va kasbiy yo‘naltirish orqali kelajakdagi ta’lim yo‘nalishlarini ongli tanlashga ko‘maklashishdan iborat bo‘ldi.

Darslar davomida o‘quvchilarga muhim nazariy tushunchalar interaktiv metodlar orqali yetkazildi, laboratoriya mashg‘ulotlari va tajribalar orqali bilimlar amaliyotda qo‘llandi. Natijada o‘quvchilarning fanlarga bo‘lgan qiziqishi ortdi, mustaqil fikrlash, tahlil qilish va muammoni yechish ko‘nikmalari shakllandi.

Ushbu integratsiyalashgan mahorat darslari o‘quvchilarning nazariy bilimlarini amaliy tajriba bilan uyg‘unlashtirish, kasbiy yo‘nalish bo‘yicha tasavvurlarini kengaytirish hamda maktab bilan oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qildi.

Kelgusida bu amaliyotni boshqa fan va maktablar kesimida ham tatbiq etish, STEAM (Science, Technology, Engineering, Arts, Mathematics) yondashuvi asosida boyitish hamda o‘quvchilar ishtirokini monitoring qilish tizimini joriy etish rejalashtirilgan.

Integratsiyalashgan ta’lim yondashuvi – bu o‘quvchini hayotga tayyorlaydigan, fikrlash va ijod qilishga undaydigan samarali modeldir.


TAʼLIMDA INTEGRATSIYA: MAKTAB BILAN NAMANGAN DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI O‘RTASIDAGI STRATEGIK HAMKORLIK TAʼLIMDA INTEGRATSIYA: MAKTAB BILAN NAMANGAN DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI O‘RTASIDAGI STRATEGIK HAMKORLIK TAʼLIMDA INTEGRATSIYA: MAKTAB BILAN NAMANGAN DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI O‘RTASIDAGI STRATEGIK HAMKORLIK TAʼLIMDA INTEGRATSIYA: MAKTAB BILAN NAMANGAN DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI O‘RTASIDAGI STRATEGIK HAMKORLIK TAʼLIMDA INTEGRATSIYA: MAKTAB BILAN NAMANGAN DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI O‘RTASIDAGI STRATEGIK HAMKORLIK TAʼLIMDA INTEGRATSIYA: MAKTAB BILAN NAMANGAN DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI O‘RTASIDAGI STRATEGIK HAMKORLIK TAʼLIMDA INTEGRATSIYA: MAKTAB BILAN NAMANGAN DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI O‘RTASIDAGI STRATEGIK HAMKORLIK TAʼLIMDA INTEGRATSIYA: MAKTAB BILAN NAMANGAN DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI O‘RTASIDAGI STRATEGIK HAMKORLIK TAʼLIMDA INTEGRATSIYA: MAKTAB BILAN NAMANGAN DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI O‘RTASIDAGI STRATEGIK HAMKORLIK TAʼLIMDA INTEGRATSIYA: MAKTAB BILAN NAMANGAN DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI O‘RTASIDAGI STRATEGIK HAMKORLIK